10:08 / 09.03.2020
0
6612
Quyma oltin parchalarining qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishi oldi olindi

Navoiyda “999” probali quyma oltin parchalarining qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilishi oldi olindi

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Mahkama xabariga ko‘ra, unda fuqaro S.X. “999" probali 192,0 gramm quyma oltin parchalarini 8 000 AQSh dollari va 13,5 mln so‘mga fuqaro O.Q.ga sotgan vaqtida ushlanib, quyma oltin parchalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top