O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi
17 aprel kungi kotirovkalarda 5 grammlik quyma oltin narxi 5 mln 12 ming so‘mni tashkil qildi. 15 grammlik esdalik tilla tangalar esa 15 mln 181 ming so‘mdan sotilmoqda. Qimmatbaho metall narxi yil boshidan beri 18 foizdan ko‘proqqa oshdi.

Foto: Zuma Press
Markaziy bank 17 aprel kuni oltin quymalar va esdalik oltin tangalar narxlarini yangiladi. Qimmatbaho metallning 1 grammi narxi 1 mln so‘mdan oshdi.
Ayni paytda 5 grammlik oltin quymalar narxlari 5 mln 12 ming so‘mni, 15 grammlik esdalik tanga narxi 15 mln 181 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Qimmatbaho metallning joriy narxlari yil boshidagi – 3 yanvar kungi narxlardan 18,2 foizga yuqori.
Jahonda oltin narxlarining oshishi fonida O‘zbekistonda ham oltin quymalar va esdalik tilla tangalar narxlari joriy yilning mart oyi boshidan beri sezilarli ko‘tarilib kelyapti. Xususan, 6 mart kuni bir kun ichida narxlar 1,9 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 19 foizga qimmatlagandi.
O‘tgan hafta oltin narxi 2400 dollarga yetdi va tarixiy rekordini yangiladi. Tahlilchilarga ko‘ra, Markaziy bank xaridlari va xavfsiz aktivlarga talab ortishi fonida narxlarning yanada oshishi ehtimoli bor. Bunga investorlar orasida geosiyosiy mojarolar kuchayib borayotganidan xavotirning ortishi sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, bozorga Xitoy iqtisodiyotining o‘sishi ta’sir qilgan.
Oltin narxining qimmatlashi fonida mart oyida O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qiymati qariyb 2 mlrd dollarga oshdi, ayni paytda zaxiradagi oltinning fizik hajmi kamayishda davom etmoqda.
- O‘zbekiston Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga chiqargan. 2020 yil noyabridan boshlab esa o‘zbekistonliklarda jamg‘armalarini quyma oltin shaklida saqlash imkoniyati ham paydo bo‘ldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.
- Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta ko‘rib chiqiladi. Shunga ko‘ra, narxlar doimiy o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid

21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi

13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:20 / 03.02.2025