20:39 / 11.03.2020
0
26553
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning birinchi o‘rinbosari o‘zgardi.

Foto: Sanoat-qurilish bank

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 10 martdagi qarori bilan Aziz Botirovich Voitov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Aziz Voitov shu kungacha «Sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. Ayni vaqtda bank rahbarligiga «Milliybank» boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Saxi Annaklichev tayinlangan.

U yangi lavozimida Alisher Habibullayevich Abdualiyev o‘rnini egalladi.

Muqaddam O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi bo‘lgan (2012-2019), keyinroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2019 yil mayidan buyon Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Alisher Abdualiyevning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.

  • Eslatib o‘tamiz, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov 10 mart kuni Qonunchilik palatasida Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy munosabatlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ma'qullangandi. 
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top