22:39 / 11.03.2020
0
9062
DXX qariyb 15 mlrd so‘mlik xorijiy valutaning O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tumanidagi «Sirdaryo» chegara bojxona postining «Malik-avto» chegara nazorat o‘tish punkti orqali O‘zbekistondan Qozog‘iston tomon harakatlanayotgan Q.Abdurasulov boshqaruvidagi «Mercedes benz» rusumli avtomashina bojxona xodimlari ko‘rigidan o‘tib, chegaraning neytral hududiga yetgan vaqtida, to‘xtatib tekshirildi.

Foto: DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi

Avtomobil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasida xufyona usulda yashirilgan 1 mln 136 ming AQSh dollari, 77 ming 830 yevro va 21 mln 18 ming 670 rossiya rubli borligi aniqlanib, protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi.

Mazkur xorijiy valutalarning milliy valutadagi ekvivalenti 14 mlrd 753 mln so‘mdan ziyodni tashkil etadi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan DXX Sirdaryo viloyati tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida mazkur ishga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top