11:16 / 13.03.2020
4908
Nukusda «Matiz» va «Gazel» to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi, 17 nafar yo‘lovchi jarohatlandi

Nukus shahrida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda bir nafar fuqaro vafot etdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 11 mart kuni soat 09:00larda, Nukus shahar “Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir” 4R176 yo‘lining 2-km.da haydovchi A.B. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasida oldinda harakatlanayotgan avtomashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi T.A. boshqaruvida bo‘lgan “Gazel” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir qilgan.

Natijada, “Matiz”  rusumli transport vositasi haydovchisi A.B. voqea joyida vafot etgan. “Gazel” rusumli transport vositasining 17 nafar yo‘lovchilari tan jarohati olishib, shifoxonaga murojaat qilishgan.

“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”gi amal qilishingizni, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasligingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda. 

Top