09:37 / 20.03.2020
18238
Uzbekistan Airways: Toshkent - Urganch - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar bekor qilindi 

20-28 mart kunlari Toshkent - Urganch - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY051/052 qatnovlari bekor qilindi 

Foto: KUN.UZ

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi respublika ichidagi aviaqatnovlarining jadvalidagi o‘zgarishlar haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20-28 mart kunlari Toshkent - Urganch - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY051/052 qatnovlari bekor qilindi.

HY051 qatnovining yo‘lovchilari shu kunlarda Toshkentdan Urganch shahriga HY011 qatnovi orqali Nukusda oraliq qo‘nish bilan olib boriladi. Toshkentdan ketish vaqti soat 09:00 da, Urganchga kelish vaqti soat 12:10 da.

HY052 qatnovining yo‘lovchilari HY012 qatnovi orqali Toshkentga olib boriladi. Urganchdan ketish soat 12:50 da, Toshkentga kelish soat 14:10 da.

Toshkent - Nukus yo‘nalishi bo‘yicha HY011 qatnovining ketish vaqti o‘zgardi. Toshkentdan ketish — soat 09:00 da, Nukusga kelish — soat 10:40 da.

Nukus - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY012 qatnoviga aviachiptasi bo‘lgan yo‘lovchilar Urganchda oraliq qo‘nish bilan olib boriladi. Nukusdan ketish — soat 11:20 da, Toshkentga kelish — soat 14:10 da.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Top