19:08 / 21.03.2020
36937
Qirg‘izistonda favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi

Avvalroq Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi mamlakat bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyevga 22 martdan favqulodda vaziyat rejimini joriy etishni tavsiya qilgandi.

Foto: meria.kg

Koronavirus sababli Qirg‘iziston hududida favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi. 

"Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi taklifiga muvofiq, hukumat mamlakat hududida favqulodda vaziyat rejimini joriy etadi", - dedi RIA Novosti agentligi suhbatdoshi.

"Har bir rahbar rejimga qat'iy amal qilish va barcha xizmatlarning uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi", - deyiladi mamlakat bosh vazirining bayonotida.

Favqulodda vaziyat rejimi davrida aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi birinchi navbatdagi masala bo‘ladi. Qayd etilishicha, aholi u yoki bu mahsulot va dori-darmon taqchilligiga duch kelmasligi shart.

Avvalroq Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi mamlakat bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyevga 22 martdan favqulodda vaziyat rejimini joriy etishni tavsiya qilgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 12ta holat qayd etilgan. Kasallik yuqtirganlarning barchasi Saudiya Arabistoni va Kuvaytdan qaytgan fuqarolar bo‘lgan.

Top