12:10 / 23.03.2020
15431
«Soxta qahramonlik qilish kerak emas» – Sodiq Safoyev karantin tartiblarini buzish jinoyat ekanini eslatdi

Xalqaro press-klubda koronavirusga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyada so‘zga chiqqan Sodiq Safoyev koronavirus to‘g‘risidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Foto: Xalqaro press-klub

«Bu birinchidan, tekshirish, ikkinchidan, kuzatib borish, uchinchidan, izolyatsiya (chetlanish), to‘rtinchidan, to‘g‘ri informatsiya berish», deya Senat raisining birinchi o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Koronavirus tarqalishi olish bo‘yicha xorij tajribasi tahlilidan kelib chiqqan xulosalari haqida gapirgan Safoyev virus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyning Xubey viloyatida 60 million odam karantinga so‘zsiz rioya qilgani, Janubiy Koreyada kuniga 10 ming odam kasallik tashxisidan o‘tgani, bu esa kasallik tarqalishi holatlari kamayishiga olib kelganini qayd etib o‘tdi hamda virus tarqalishining oldini olish har bir kishining mas'uliyati ekanini ta'kidladi. 

«Ajal kelmasa, hech narsa bo‘lmaydi». «O‘ldirsa ham osh o‘ldirsin» [qabilida fikrlash] bu – intizomsizlik.  

Bu birinchi navbatda – jinoyat. Bunday mas'uliyatsizlik qahramonlik emas. Bugun soxta qahramonlik qilish kerak emas. Farzandlaringiz, ota-onalaringiz, yaqinlaringizni o‘ylashingiz kerak», deydi O‘zbekistonda to‘y qilishda davom etilayotganini nazarda tutgan Safoyev.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top