Suhbat çoğida YeXHT vakiliga Özbekistonda söz erkinligini ta’minlaş, ijtimoiy taraqqiyotda ommaviy axborot vositalarining rolini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan huquqiy va institutsional çora-tadbirlar töğrisida atrofliça ma’lumot berildi. 

Tereza Ribeyro Özbekiston tanlagan yönaliş jamiyatning barqaror rivojlanişini ta’minlaş va iqtisodiy samaradorlikni oşiriş nuqtayi nazaridan yagona töğri yöl ekanligiga işonç bildirdi. U davlat boşqaruvi tizimidagi ma’muriy islohotlarni yuqori baholadi, bunda davlat institutlari faoliyatida töliq şaffoflik ta’minlanişi va ularning mas’uliyati kuçaytirilişini qayd etdi.

Xorijlik mutaxassislar va YeXHT ekspertlari iştirokida treninglar hamda öquv kurslarini taşkil etiş orqali jurnalistlarning kasbiy mahoratini oşirişga qaratilgan qöşma loyihalarni amalga oşiriş zarurligi ta’kidlandi.