10:29 / 25.03.2020
14935
AQSh koronavirusga qarshi kurashga 6 trln dollar ajratmoqda

AQSh koronavirusga qarshi kurashga 6 trln dollar – mamlakat yalpi ichki mahsulotining chorak qismini ajratishga tayyor. 

Foto: REUTERS

Bu summadan 4 trln dollari federal zaxiradan ajratiladi, 2 trln dollar bevosita yordam pullarini tashkil qiladi, deb ma'lum qildi AQSh prezidentining iqtisodiyot bo‘yicha maslahatchisi Larri Kudlou.

“Bu paket AQSh tarixidagi eng katta yordam bo‘ladi. Biz og‘ir davrga yaqinlashmoqdamiz, biroq bu bir necha haftagina davom etadi, degan fikrdamiz. Balki haftalardir, balki oylardir, biroq aniq yillar emas”, deb aytgan Kudlou Oq uydagi matbuot anjumanida. 

Ta'kidlanishicha, 2 trln dollar ajratilishini AQSh kongressi senati ma'qullashi lozim. Agar yordam ma'qullansa, mablag‘lar AQSh oilalariga (3 ming dollardan), aviatsiya sohasiga va kreditlar ko‘rinishida kichik biznesga yo‘naltiriladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top