14:32 / 26.03.2020
77401
«Virus tarqalishi iqlimga bog‘liq emas» - Nurmat Otabekov

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKAda tashkil etilgan brifing chog‘ida koronavirus tarqalishi iqlim sharoitlariga bog‘liqligi haqidagi gaplarni inkor etdi.

«Biz aniq bilamiz, viruslar tabiatda uchrab turadi. Mana shu kasallik dunyoning 175taga yaqin davlatida qayd etilyaptimi, ularning barchasida sho‘r yerlar va tuzli suv manbalari mavjud. 

Shunday ekan, iqlimga bog‘liq holatda kasallik tarqalishi mumkin-mumkin emas, degan fikr noto‘g‘ri.

Kasallik manbayi — bemor odam, yuqtirib olish vositasi, yuqtirib oluvchi shaxs bor ekan, hech kim ob-havoga qarab, o‘zida kasallik bo‘lmaydi degan xayolga borishi kerak emas», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top