Özbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasining hududiy laboratoriyalari tomonidan bemorlardan olingan laborator tahlil natijalarida grippning A turiga mansub H3N2 ştammi aniqlanmoqda.
Bu haqda qömita mas’ullari iştirokida 13 dekabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
“Biz virusning bu ştammi bilan tanişmiz”, – dedi Sanepidqöm raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov. Uning sözlariga köra, aholini grippning bu ştammidan himoya qiliş uçun 2,2 million doza vaksina işlatilgan. Epidemiya mavsumi boşlanişidan avval öqituvçilar, tibbiyot xodimlari, “Saxovat” va “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvçilari va xodimlari hamda bolalarning xavf osti guruhiga mansub qatlami emlangan.
H3N2 ştammi “Hongkong grippi” nomi bilan ham maşhur bölib, u avvalgi gripp viruslaridan tez tarqalişi bilan ajralib turgani bois 1968-1969 yillarda pandemiyaga sabab bölgan va jahon miqyosida 1 milliondan 4 milliongaça insonni hayotdan olib ketgan.
Nurmat Otabekov, matbuot anjumanidan keyin, anjumanda berilgan ma’lumot yuzasidan qöşimça izoh bilan çiqdi.
“Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi tomonidan bizning hududimizda aylanib yurgan viruslar monitoring qilib boriladi. Monitoring natijasida asosan grippning A turi H3N2 ştammi aylanib yurgani töğrisida ma’lumot bor. Bundan taşqari, grippning boşqa turdagi gripp viruslari aylanib yurgani töğrisida ham ma’lumotlarimiz mavjud.
Bugungi brifing paytida köpçilik biz tilga olgan H3N2 ştammini internet tarmoqlaridan qidirib, özlariga ma’lumotlar töplab olişgan. Aslini olganda, bu – 1960-yillarda Hongkongda tarqalgan virus. Öşa paytda u H2N2 virusidan mutatsiya bölib şakllangan virus sifatida tarqalib, bir qança şarq davlatlarida muammoli vaziyatlarni keltirib çiqargan. Hozir bu oddiy, mavsumiy gripp virusi hisoblanadi








