Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda kökyötal kasalligi avj olgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi örinbosari Nurmat Otabekov mazkur holat yuzasidan SSV matbuot xizmatiga ma’lumot berdi.
«Kökyötal — havo-tomçi yöli orqali yuqadigan öta yuqumli xastalik bölib, qözğatuvçisi Bordetella pertussis bakteriyasi hisoblanadi. Unga çalingan bemorlarda ötkir respirator virusli infeksiyalar alomatlari, şuningdek, kuçli yötal xurujlari va qusiş kuzatiladi.
Bu kasallik asosan yoş bolalar va ösmirlarda aniqlanadi, lekin katta yoşli odamlarda ham uçraşi mumkin.
Özbekistonda milliy emlaş kalendariga asosan, çaqaloqlar 2, 3 va 4 oyligida 3 marta pentavalent vaksina bilan (kökyötal, difteriya, qoqşol, gepatit V va XIB infeksiyalarga qarşi) emlanadi. Bir yildan söng, ya’ni 16 oylik davrida AKDS-4 bilan qayta revaksinatsiya qilinadi», deydi mutaxassis.
Joriy yilning ötgan davrida mamlakat böyiça jami 2 millionga yaqin bola uşbu xastalikka qarşi vaksina qabul qilgan. Xususan, yanvar-avgust oylari davomida penta-1 bilan emlanişi kerak bölgan bolalarning 97,6 foizi, penta-2 bilan 98,5 foizi, penta-3 bilan esa 98,5 foizi emlangan.
Bundan taşqari, 16 oylik öğil-qizlarning 98,9 foizi revaksinatsiya bosqiçida qayta emlangan.
«Aytiş joizki, kökyötal mavsumiy xarakterga ega bölib, kuz-qiş davrida köproq qayd etilişi mumkin va aksariyat hollarda emlanmaganlar (tibbiy çeklov va rad etiş), töliq emlaş kursini olmaganlar hamda ba’zi hollarda emlaşdan keyin immunitet şakllanmagan (seromanfiy) bolalarda kuzatiladi.
Qisqa qilib aytganda, emlanmagan öğil-qizlar örtasida kasallik tarqaliş xavfi saqlanib qoladi. Şu bois kökyötal kam miqdorda bölsa-da, aholi örtasida qayd etilib turişi tabiiy hol.
Çunki uşbu xastalikni faqat jamoaviy immunitet hosil qiliş orqali yengiş mumkin. Buning uçun Milliy emlaş kalendariga muvofiq, yoş bolalar emlanişi zarur», deya Otabekovning sözlarini keltirgan vazirlik matbuot xizmati.
Hozir Özbekistonda bu boradagi epidemiologik vaziyat barqaror va xavotirlanişga asos yöqligi, şuningdek uşbu kasallik heç qanday asoratlarsiz davolanib ketişi ma’lum qilingan.









