12:15 / 27.03.2020
7705

Uzbekistan Airways bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalarni qaytarish tartibi haqida ma'lumot berdi

Bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan aviachiptalarni qaytarish va pul mablag‘larini to‘lash murojaatlar kelib tushishi bilan navbat tartibida amalga oshiriladi 

Foto: KUN.UZ

Uzbekistan Airways bekor qilingan qatnovlarga aviachiptalarni qaytarish tartibi yuzasidan tushuntirish berdi.

“Avval xabar berganimizdek, bizga har kuni bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan aviachiptalarni qaytarish va qayta bronlash masalasida ko‘plab arizalar tushmoqda.

Sizga shuni ma'lum qilamizki, bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan aviachiptalarni qaytarish va pul mablag‘larini to‘lash murojaatlar kelib tushishi bilan navbat tartibida amalga oshiriladi”, - deyiladi aviakompaniya xabarida.

Bildirilishicha, chiptalarni qaytarish yoki ularni cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng amalga oshiriladigan aviakompaniyaning qatnovlariga qayta bronlash jarimalar va sanksiyalarsiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, aviachipta bir yil davomida amal qilishi ham eslatib o‘tilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top