Oliy Majlis Senatining qirq beşinçi yalpi majlisi öz işini boşladi. Senatorlar kun tartibidagi masalalar muhokamasidan avval fuqarolarning köplab e’tirozlariga sabab bölayotgan muammolarni kötardi.

Xususan, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonov qömitaga kelib tuşgan murojaat asosida “Uzbekistan Airways” AJga qaraşli aviakassalar faoliyati bilan boğliq ayrim muammolar sabablari dastlabki tarzda örganilganini ma’lum qildi.

Unga köra, aviaçipta sotişda eskirgan byurokratik usullar hamon saqlanib qolmoqda.

Ta’kidlanişiça, “Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasining 2015 yil 25 oktyabrdagi 75-son buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnomaning eskirgani, undagi tegişli normalarning takomillaştirilmagani fuqarolar uçun örinsiz, mantiqsiz tösiqlarni yuzaga keltirmoqda. Mazkur yöriqnomaning tegişli bandiga muvofiq, agar fuqarolar “Uzbekistan Airways”ga qaraşli kassalardan öz yaqinlari uçun aviaçipta sotib olmoqçi bölişsa, ulardan fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinmoqda. Pasportning asl nusxasini taqdim etmagan fuqarolarga esa aviaçipta sotilmayapti.

Oqibatda bu holat, ayniqsa, yaqinlari boşqa viloyatlarda yaşayotganlar uçun qator qiyinçiliklarni yuzaga keltirmoqda hamda yölovçilarning haqli e’tirozlari kundan kunga köpaymoqda.

Holbuki, “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining uzairways.com/uz sayti orqali onlayn tarzda fuqarolik pasportining seriya raqami va amal qiliş muddatlarini körsatgan holda aviaçiptani qonuniy asoslarda sotib oliş imkoniyati mavjud.

“Tabiiy savol tuğiladi: agar şunday imkoniyat bölsa, nima uçun “Uzbekistan Airways”ga qaraşli kassalardan öz yaqinlari uçun aviaçipta sotib olmoqçi bölgan şaxslardan fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinmoqda? Nima uçun yuqorida qayd etilgan yöriqnomaga pasportning seriya raqami va amal qiliş muddatlarini körsatgan (pasport nusxasi orqali) holda aviaçiptani sotib oliş mumkinligi töğrisidagi qoida kiritilmagan?

Zero, aviakompaniyaning veb-sayti yoki mobil ilovasi orqali mustaqil ravişda zarur şaxsiy ma’lumotlarini kiritib aviaçipta sotib olgan fuqaro davlat çegarasini kesib ötişda DXX Çegara qöşinlari tomonidan kerakli baza orqali tekşiriladi va ma’lumotlar notöğri kiritilgani aniqlangan taqdirda, davlat çegarasini kesib ötişiga ruxsat berilmaydi va mas’uliyat fuqaroning özida qoladi.