Agentlikka ko‘ra, Yamal aviakompaniyasining joriy yilning 27 aprel sanasiga Qarshi aeroportidan parvoz uchun aviachiptalar sotilgani ma’lum bo‘lgan.
“Shu o‘rinda yo‘lovchilarga onlayn tarzda yokida aviakassalar orqali aviachiptalarni sotib olishdan oldin "O‘zaviatsiya" agentligi veb-saytining bosh sahifasidagi "Axborot jadvali" bo‘limida (www.uzcaa.uz) ushbu parvozlarni amalga oshirish uchun so‘rovnoma holati va ruxsatnomaning mavjudligi bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.
Yo‘lovchilarning huquqlari va tashuvchi majburiyatlariga rioya qilish maqsadida aviachiptalarni sotish bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslarni, xususiy aviakassalar va sayyohlik firmalarini ushbu talablarga rioya qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy mehmonlarga hamda vatandoshlarga noqulaylik tug‘dirmaslikga chaqiramiz”, — deyiladi agentlik xabarida.










