14:01 / 29.03.2020
4616
FHDYo organlarida nikohni qayd etish vaqtincha to‘xtatildi

Fuqarolar YaIDXP orqali (my.gov.uz) nikohni qayd etish uchun onlayn ariza topshirishi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva 29 mart kungi brifingda shu haqda ma'lum qildi.

«Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 2020 yilning 25 martdan boshlab Adliya vazirligi tizimidagi FHDYo bo‘limlarida fuqarolarni qabul qilish xodimlarning navbatchiligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina (tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish) tashkil qilingan darcha orqali amalga oshiriladi.

FHDYo organlarida nikohni qayd etish karantin tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Fuqarolar yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali nikohni qayd etish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin», – dedi Adliya vazirligi vakili.

Nikohdan o‘tish uchun topshirilgan tibbiy ko‘rik natijalari muddati o‘tib ketmaydimi?

«Nikohni qayd etish arizasi qabul qilingan kundan boshlab 4 oyi mobaynida nikoh qayd etilishi mumkin, bunda tibbiy ko‘rikka berilgan yo‘llanma asosida o‘tilgan ma'lumotnoma yetarli bo‘ladi. Ma'lumotnomaning (tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida) amal qilish muddati – 3 oy», dedi Sevara O‘rinboyeva.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top