Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Oila kodeksiga özgartiş kiritiladi.

212-moddada nikohni qayd etiş respublikaning istalgan hududidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlari tomonidan amalga oşirilişi belgilab qöyiladi. 

Hozirgi vaqtda nikohni qayd etiş nikohlanuvçi şaxslardan birining yaşaş joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlari tomonidan amalga oşiriladi.

Bildirilişiça, nikohni qayd etişda fuqarolarga qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida uşbu xizmatni istalgan hududda qayd etiş imkoniyatini yaratiş nazarda tutilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda alohida hollarda nikohni qayd etiş kasalxona yoki uyda amalga oşiriladi.

Nikohni qayd etiş tantanali vaziyatda amalga oşirilişi mumkin.

Nikohlanuvçilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organiga nikoh qayd etilişidan bir oy ilgari nikohga kiriş töğrisida ariza beradilar.