Karantin davrida notarial xizmatlar ko‘rsatiladimi?
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan karantin davrida notarius va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish davlat xizmatlariga zarurat bo‘lmasa, murojaat etmaslik tavsiya qilinmoqda.

Foto: 123RF
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan karantin davrida notarius va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish davlat xizmatlariga zarurat bo‘lmasa, murojaat etmaslik tavsiya qilinmoqda.
Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva karantin davrida vasiyatnomani rasmiylashtirish notarial xizmatidan tashqari, boshqa notarial va FXDYo davlat xizmatlariga zaruratsiz murojaat etmaslikni tavsiya etdi. Bu haqda u Kun.uz muxbiriga ma'lumot bergan.
«25 martdan boshlab, nafaqat Adliya vazirligi, balki uning tizimidagi idoralar ham mamlakatimizda kuzatilayotgan karantin tartibi tufayli boshqacha ishlashga o‘tgan. Bunda fuqarolardan uyda bo‘lishi va karantin holati bilan bog‘liq tartiblarga rioya qilishini so‘ragan holda, FXDYo, notarius va davlat xizmatlari markazlariga onlayn murojaat etishi ko‘rsatildi. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar yuzaga kelganda, avvaldan avtomatlashtirilgan e-notarius.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarning elektron nusxasini yuborishi kerak», - deydi u.
Ta'kidlanishicha, fuqarolar kechiktirib bo‘lmaydigan holat sifatida vasiyatnomaga bog‘liq masalalar bo‘yicha notariusga murojaat qilish mumkin. Boshqa xizmatlar bo‘yicha zarurat sezilmasa, notariusdan telefon orqali ma'lumot olish imkoniyati mavjud.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yana bir sobiq “zamhokim” ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 15:56
-
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi
O‘zbekiston | 15:50
-
Chilonzorda yana daraxtlar kesildi. Ekologiya organi sukutda
O‘zbekiston | 15:40
-
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi
Fan-texnika | 15:37
Mavzuga oid

22:44 / 12.12.2020
Karantin davrida nima uchun prokurorlarga stiker berilib, advokatlarga berilmadi? – Huquq faoli pandemiya davridagi muammolar haqida

15:32 / 10.07.2020
Dezinfeksiya qilish foydasizmi? Davlat bosh sanitariya inspektori izoh berdi

12:34 / 10.07.2020
Bugun ogohlantirish, ertadan chora ko‘riladi – yo‘llarda mashinalar harakati nazorati boshlandi

23:52 / 13.06.2020