10:32 / 31.03.2020
15897
Taomga buyurtma berganda koronavirusdan qanday saqlanish mumkin?
Foto: Evan Mitsui/CBC

Koronavirus tez tarqalgani sababli odamlar yegulikni uyga keltirish uchun ko‘proq buyurtma berishni boshladi. Mijozlarga qulaylik sifatida servislar kurerlarning sog‘ligini tekshira boshlashdi. Fast company bunday vaziyatda qanday himoyalanish mumkinligi haqidagi tavsiyalarni berdi.

FDA (Food and Drug Administration — AQSh mahsulot va dorilarni nazorat qilish boshqarmasi) ma'lumotlariga ko‘ra, «hozirgi kunda Covid-19 ovqat va uning o‘rami orqali tarqalishiga hech qanday isbot yo‘q». Agar koronavirus oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqqanida restoran va oziq-ovqat do‘konlari uning o‘chog‘iga aylangan bo‘lardi. Hozirda virus ijtimoiy muloqot orqali tarqalmoqda.

Biroq koronavirus tomchilarda uch soat, qog‘oz va kartonda 24 soat, plastikda esa uch kun yashay olishini unutmaslik kerak. Uni yuqtirib olmaslik uchun esa quyidagi 6 qoidaga amal qiling.

Iloji boricha issiq taomlarga buyurtma bering. Harorat Covid-19’ga ta'siri borasida hech qanday tadqiqotlar bo‘lmasa-da, xuddi shunday koronavirus Tselsiy bo‘yicha 65 daraja issiqda yo‘q bo‘lishi ma'lum. Agar bu borada xotirjam bo‘lishni istasangiz, isitish mumkin bo‘lgan taomlarni tanlang.

Yetkazib berishning kontaksiz usulini tanlang. Koronavirus asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Shuning uchun har qanday kontaktlar, jumladan, kurerlar bilan muloqotdan ham o‘zingizni chegaralang.

Konteynerni rakovinaga joylashtiring. Ovqatni stolga qo‘ymang, muzlatgichga joylashtirmang, kiyimingizga tekkizmang. O‘ram orqali virusni yuqtirib olish ehtimoli yo‘q bo‘lsada, uni ushlagach, qo‘lingizni burun yoki og‘izga olib borishingiz mumkin.

Ovqatni darhol likoplarga soling va konteynerlarini darhol tashlab yuboring. Bu yerda biroz tajriba kerak bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan o‘ramlar idishlar, kiyim va oshxona yuzalariga tegishining oldini olishga o‘rganasiz.

Qo‘lingiz va rakovinani yuving. Qo‘lingizni sovunlab yuving va rakovinani sovunli sochiq bilan arting. Maslahat: agar qo‘lingizni tozalab yuvganingizga ishonch hosil qilishni istasangiz, ikki marta Happy Birthday qo‘shig‘ini kuylang.

Ovqatni isiting. Yuqorida aytib o‘tilganidek, harorat bo‘yicha biz bilgan raqam bu Tselsiy bo‘yicha 65 daraja issiq. Buni aniq o‘lchash uchun oshxona termometrlaridan foydalaning.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top