19:57 / 01.04.2020
4919
Epidemiologik holatlarda O‘zbekistonga dori vositalarini olib kirish jarayoni soddalashtirilmoqda

Endilikda epidemiologik holatlar vujudga kelgan taqdirda xavfli yuqumli kasalliklarning profilaktikasi uchun qo‘llaniladigan dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan olib kiriladi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saytida ma'lum qilindi.

30 mart kuni parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilingan.

Taklif qilingan qonun loyihasi kam uchraydigan kasalliklarni davolash va ularning tashxisida qo‘llaniladigan orfan tibbiy buyumlari, o‘ta xavfli kasalliklar profilaktikasi uchun dori vositalari bilan o‘z vaqtida ta'minlash ko‘zda tutadi.

Shuningdek, epidemiologik favqulodda holatlarda, sog‘liqni saqlash tizimini yuqumli kasalliklarning profilaktikasi, davolash, tashxis dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan o‘z vaqtida ta'minlanishining imkoniyati oshadi.

Ma'lumot uchun, amaldagi tartib bo‘yicha muayyan yangi dori vositalarini O‘zbekistonga olib kelish va realizatsiya qilish turli murakkab kelishuv-sinov jarayonlarini talab qiladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top