Ekologiya vaziri havo ifloslanishi bo‘yicha hisob berish uchun parlamentga chaqirildi
Deputatlar poytaxtda havo ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovni chaqirtirishga qaror qildi. Ular bu eshituv «ko‘rgazma uchun» bo‘lmasligini alohida ta’kidlashdi.

Aziz Abduhakimov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovni O‘zbekistonda, jumladan, Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida hisob berishi uchun chaqirtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi, Ekologiya partiyasi fraksiyasi rahbari Xayrullo G‘afforov so‘nggi paytlarda poytaxtdagi havoning ifloslanishi muhokama mavzusiga aylanganini ta’kidladi.
U «O‘zgidromet» ma’lumotlariga tayanib, Toshkent shahrida yanvar oyida havodagi mayda PM2,5 zarrachalarining miqdori o‘rtacha 45 mkg/m3 ni tashkil etgani, bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan (5 mkg/m3) bir necha baravar yuqori ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, u Toshkent shahri dunyoda havo ifloslanishi darajasi bo‘yicha yuqori o‘rinni egallab turganini eslatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishiga qaramay, vaziyat og‘irlashmoqda. Shu bois hisob berishi uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimovni parlamentga chaqirish haqida qaror qabul qilindi.
Xayrullo G‘afforovning ta’kidlashicha, Qonunchilik palatasi hisobotni tinglashdan tashqari, prezidentga hukumat a’zolarini iste’foga chiqarishning maqsadga muvofiqligi, shaxslarni javobgarlikka tortish va hukumat a’zolarini iste’foga chiqarish bo‘yicha ham taklif berishga haqli.
Uning qayd qilishicha, tinglovni «ko‘rgazma uchun» o‘tkazish rejalashtirilmagan. Shuningdek, fraksiyaning kengaytirilgan yig‘ilishida olimlarning fikr-mulohazalari tinglanib, muammoni joyida o‘rganadigan ishchi guruh ham tuzilgan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
22-tuzatish. Trampning uchinchi prezidentlik muddatiga nima to‘sqinlik qiladi?
Jahon | 16:28
-
Senator Kori Buker Trampni uzluksiz 25 soat tanqid qilib, rekord o‘rnatdi
Jahon | 15:06
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

08:56
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi

17:23 / 01.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv vaqtinchalik o‘chiriladi

17:14 / 01.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 5 oyga yopiladi

09:32 / 01.04.2025