Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston hukumati Rossiyaga qarşi moliyaviy sanksiyalarga qöşilişga qaror qilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi qonun loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan rasmiy axborot berdi.  

Ma’lum qilinişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2024 yil 13 fevraldagi majlisida “Iqtisodiy sanksiyalar bilan boğliq xatarlarni boşqariş mexanizmlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqilgan. Mazkur qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 29 dekabrda kiritilgan.  

“Bugungi kunda turli davlatlar, xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari tomonidan iqtisodiy sanksiyalar qöllanişi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda hozirgi zamon voqeligiga aylandi.

Biroq Özbekiston Respublikasining milliy qonunçiligida kredit va tölov taşkilotlari faoliyatida ikkilamçi iqtisodiy sanksiyalarning qöllanişi bilan boğliq xatarlarni tartibga soliş va nazorat qilişning huquqiy asoslari mavjud emas.

Bunday şaroitda uşbu xatarlarni har bir kredit va tölov taşkiloti özining ehtiyoj va qaraşlaridan kelib çiqib belgilamoqda, özi ma’qul körgan daraja va kölamlarda mijozlarga çeklovlar qöymoqda. Bunday holatlar bank hisobvaraqlari oçiş va bank operatsiyalarini amalga oşirişda Özbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlariga nisbatan sub’yektiv yondaşuvlarga hamda mijozlarning qonuniy huquqlarining buzilişiga olib kelmoqda.

Şundan kelib çiqib, qonun loyihasida kredit taşkilotlari, tölov taşkilotlari va tölov tizimlari operatorlarining iqtisodiy sanksiyalar bilan boğliq xatarlarni boşqarişiga oid yagona talablarni belgilaş vakolatini Özbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriş nazarda tutilmoqda.

Bu bank sohasida davlat siyosati samaradorligini oşirişga, kredit va tölov taşkilotlarining mijozlar bilan işlaşda yaxlit, yagona yondaşuv mexanizmini yaratişga, şuningdek, aholi va xalqaro moliya institutlarining mamlakatimiz bank tizimi faoliyatiga işonçini mustahkamlaşga xizmat qiladi”, deyiladi axborotda.  

Qömitaga köra, uşbu qonun loyihasi heç qanday davlatga qarşi qaratilgan emas. Dunyoning deyarli barça mamlakatlarida loyihada közda tutilgan tartib mavjud bölib, uning maqsadi milliy moliya taşkilotlarining özlariga nisbatan ikkilamçi sanksiyalar qöllanişiga yöl qöymaslikdir.