17:37 / 05.04.2020
45464
Hindistonda bir shaxs karantin vaqtida o‘z shahriga yetib olish uchun o‘zini o‘lganga soldi

Hindistonda erkak karantin vaqtida o‘z shahriga yetib olish uchun o‘zini o‘lganga soldi. 

Foto: Getty Images

Hindistonning Punch shahrida (Kashmir) yashovchi 70 yoshli Hakim Din koronavirus tarqalishi oldini olish uchun kiritilgan karantin sharoitida uyiga yetib olish uchun o‘zini o‘lganga soldi. Bu haqda The New Arab sayti xabar berdi. 

Qariya Jammu shahridagi shifoxonada boshidagi jarohatdan davolanayotgan bo‘lgan. Bu orada 1 aprelda mamlakatda karantin rejimi kiritilgan. Shundan keyin erkak uyiga yetib olish uchun nayrang ishlatishga qaror qilgan.

Tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi erkakka Pokiston bilan chegarada joylashgan uyigacha yetib olishi uchun yo‘llardagi kordonlardan o‘zini o‘lganga solib o‘tib olishni taklif qilgan.

Din va yana uch kishi tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonadan berilgan o‘lim haqidagi qalbaki hujjatlar bilan 160 km yo‘l bosib, bir nechta kordonlardan o‘tgan. Biroq oxirgi blokpostda ularni politsiya “hitlab qolgan”.

Politsiyachilardan biri avtomobilda choyshab ostida yotgan erkak tirik bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Aldov fosh bo‘lgach, qoidabuzarlar hibsga olinib, karantinga joylangan. Politsiya boshlig‘i Ramesh Angralning ma'lum qilishicha, erkaklar firib qo‘llaganlik va taqiqlovga bo‘ysunmaganlik uchun jarimaga tortilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top