15:00 / 08.04.2020
21903
Karantin davrida kommunal xizmatlar va yetkazib berish uchun qanday to‘lov qilish mumkin?

Kommunal xizmatlar, internet, onlayn xizmatlar va yetkazib berish uchun karantin davrida muloqotsiz, mazkur ilova orqali to‘lov qilish nafaqat xavfsizroq, balki navbatlarda turish va bir necha soat niqobda yurishdan ko‘ra ancha osonroqdir.

Koronavirus pandemiyasi paytida, eng muhimi, odamlar gavjum joylardan qochishdir. Shu bilan birga, kommunal to‘lovlarni to‘lash va oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish zarurati bekor qilinmadi, demak siz hali ham tashqariga chiqishingiz kerak. Naqd puldan foydalanish va ko‘p odamlar bilan bir xonada bo‘lish infeksiya yuqtirishning yuqori xavfini o‘z ichiga olishini yodda tuting.

Bundan tashqari, gaz, elektr energiyasi va suv uchun to‘lov kiritish joylaridagi navbat, karantin munosabati bilan tashkilotlarning ish tartibining o‘zgarishi, niqob taqib piyoda yurish zarurati, muassasalar va do‘konlarga shaxsiy tashriflarni amalga oshirishni ancha qiyinlashtirdi.

Karantin va shahar bo‘ylab harakatlanishga bo‘lgan cheklovlar sharoitida zarur xizmatlar uchun to‘lovlarni va xaridlarni mobil ilovalar orqali qilish qulayroqdir.

Payme ilovasi orqali masofadan turib xizmat va buyurtmalar uchun to‘lov qilish – yaqinlaringiz salomatligini saqlash haqida so‘z yuritganda – xavfsiz yechimdir. Bunday ilovani yuklab olish bir-ikki daqiqa vaqtingizni oladi va foydalanuvchiga shahardagi cheklovlardan qat'iy nazar o‘z smartfoningizda to‘lov va xarajatlar monitoring uchun instrumentlarga ega bo‘lish imkonini beradi.

Kommunal xizmatlar, aloqa va onlayn hamyonlarni to‘ldirish

Payme ilovasi bilan to‘lash uydan chiqmasdan kommunal xizmatlar, internet, aloqa va onlayn xizmatlarga obuna bo‘lish uchun to‘lov qilishning xavfsiz usulidir. Ilova orqali barcha kommunal to‘lovlarni to‘lash mumkin: issiq va sovuq suv, elektr energiyasi, gaz, chiqindi yig‘ish va uy-joy kommunal xizmatlari.

Shuningdek, ilova orqali siz istalgan o‘zbek internet provayderi va uyali aloqa operatori xizmatlari uchun to‘lov qilishingiz, bankka bormasdan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin. O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish sharoitida internet o‘yinlari va turli platformalardan foydalanadiganlar uchun esa elektron hamyonlarni to‘ldirish va servislardan foydalanish uchun to‘lov qilish imkoniyati mavjud.

Yetkazib berish uchun to‘lov

Payme dasturida allaqachon tayyor ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beradigan, harakatlanish ruxsatnomasi mavjud hamkorlarning katta ro‘yxati mavjud. Tez kunlarda kompaniya ushbu ro‘yxatni ilovaga va kompaniya saytiga qo‘shadi, bu o‘z navbatida zarur mahsulot va xizmatlarni tezroq topishga imkon beradi.

Ro‘yxatga olingan hamkorlardan tashqari bu yerda oluvchining hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lov qilish mumkin. Bu esa naqd puldan foydalangan holda mavjud bo‘lgan kasallik yuqtirish xavfidan holidir. Oluvchining karta raqamini alohida kiritish shart emas – ilova yangilangandan keyin pulni bir necha harakat bilan o‘tkaza olasiz, buning uchun oluvchi ilovasidagi QR-koddan foydalansangiz bas.

Kartadan o‘tkaziladigan to‘lovlar monitoringi

Kartani to‘lov ilovasiga bog‘lagandan keyin, undan qilingan barcha xarajatlarni osonlik bilan, to‘lov terminal orqali qilingan hollarda ham, kuzatib borish mumkin. Barcha cheklar ilovada saqlanib qoladi va har qanday nazorat qiluvchi nozirlarga ko‘rsatilganda yuridik kuchga ega. Yoqimli bonus – to‘lovlar monitoringi bo‘limi tufayli, budjetni oson olib borish va oylik xarajatlarni eslab qolish zaruriyati qolmaydi.

Uyda qolish haqiqatan ham muhim. Oilangiz bilan o‘tkazgan vaqtdan rohatlaning va Payme orqali xizmat va xaridlar uchun to‘lov qiling!

Tun-u kun ishlaydigan Payme aloqa-markazi:

+998 (78) 150 22 45

+998 (71) 200 02 05

Payme ilovasini havola orqali yuklab oling: clc.to/CDLHOQ

Telegram: t.me/payme_uz

Instagram: @payme.uz

Feysbuk: fb.com/payme.uz

Sayt: payme.uz

Reklama huquqi asosida

Top