Yoshi bir yarim mingdan oshgan Tbilisi o‘zining tarixiy ko‘rinishini saqlab qolgan shaharlardan biri hisoblanadi. Uning Eski shahar qismidagi tarixiy dahalar bugun xorijiy sayyohlarni hayratga solishda davom etmoqda. Yaqinda TBC Bank va Payme tomonidan Gruziyaga uyushtirilgan media-tur davomida bir guruh OAV va blogerlar bank faoliyati bilan tanishishdi va Tbilisining go‘zal manzaralarini tomosha qilishdi.

O‘zbekistonda muvaffaqiyatli ishlayotgan TBC Bank banki va Payme 28 sentabr – 1 oktyabr kunlarida o‘zbekistonlik bir guruh ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun Tbilisiga media-tur tashkil etdi.

Media-tur ishtirokchilari uch kun davomida Gruziya poytaxtining diqqatga sazovor joylari, shu bilan birga TBC Bank’ning Tbilisidagi bosh ofisi faoliyati, kompaniya tarixi, rivojlanish yo‘li, amalga oshirayotgan loyihalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Media-turning birinchi kunida O‘zbekistondan borgan mehmonlar Tbilisining diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi. Uning Eski shahar qismi tarixiy manzarasini saqlab qolgan va bugun Tbilisini tomosha qilish uchun dunyoning juda ko‘p davlatlaridan sayyohlar kelishmoqda.

TBC Bank'ning Tbilisidagi bosh ofisida

Ikkinchi kuni media-tur qatnashchilari TBC Bank’ning Tbilisidagi bosh ofisi faoliyati bilan tanishishdi. U yerda TBC Bank Uzbekistan va Payme kuzatuv kengashi raisi Nika Kurdiani, TBC Bank bankida Space mahsulotlari bo‘yicha direktor Georgiy Kapanidze, TBC Bank banki strategik loyihalar rahbari Aleksandr Makashvili media-tur qatnashchilariga bank tarixi, uning rivojlanishi va hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil gapirib berishdi.

Media-turning uchinchi kuni o‘zbekistonlik mehmonlar Gruziyaning eski poytaxti Msxeta shahri va undagi tarixiy joylar bilan tanishishdi. Gruziya sayohat ishtirokchilarda juda katta taassurotlar qoldirdi.

TBC Bank tarixi

TBC Bank tarixi 1992 yilga borib taqaladi. Shu yili Tbilisida Tbilisi Business Centre tashkil etiladi. 1993 yilda TBC bank faoliyatini yuritish va xalqaro moliyaviy operatsiyalar uchun litsenziya oladi.