O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi
O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli bolalar adibi Anvar Obidjon 11 aprel kuni 73 yoshida vafot etdi.

Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, Anvar Obidjon 1947 yil 25 yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Qator nashrlarda, jumladan «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir, O‘zbekiston televideniyesida muharrir sifatida faoliyat yuritgan.
Anvar Obidjon o‘zbek bolalar adabiyotining zabardast vakili sanaladi. Undan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘nlab she'riy va nasriy asarlar, qissa va dostonlar qoldi. «Ona yer, «Bahromning hikoyalari», «Olovjon va uning do‘stlari», «Ey, yorug‘ dunyo», «Bezgakshamol», «Alamazon va Gulmat», «Masxaraboz bola», «Juda qiziq voqea», «Yerliklar», «Oltin yurakli avtobola», «Dahshatli Meshpolvon» kabi she'riy va nasriy asarlar, «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Topsang hay-hay», «Qorinbotir», «To‘tiqul» kabi pesalar shular jumlasidan.
Adib 1997 yilda «Shuhrat» medali, 1998 yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoni, 2011 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.
Kun.uz tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor qiladi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan ko‘p qavatli uylar uchun lokal qozonxonalar quriladi
O‘zbekiston | 17:12
-
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30 mart kuni bo‘ladi
O‘zbekiston | 17:09
-
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
Jahon | 17:09
-
Rossiyada migrantlar uchun maqsadli patentlar joriy qilinishi mumkin
Jahon | 17:02
Mavzuga oid

21:33 / 15.02.2025
Xonanda Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etdi

13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?

20:30 / 30.01.2025
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

17:09 / 03.01.2025