11:07 / 12.04.2020
59425
Pandemiyaga u boshlanishidan avval tayyorgarlik: AQSh riteyleri favqulodda holat uchun 2005 yildayoq reja ishlab chiqqan

H-E-B kompaniyasida kutilmagan vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mutaxassis shtati bor, shuningdek, dovullar va epidemiyalar yuz bergan holatda aniq harakatlar tartibi ishlab chiqilgan, deyiladi Texas Monthly maqolasida. 

H-E-B’ning San-Antoniodagi yangi ombori xodimlari. 2020 yil 21 mart. Foto: Tamir Xalifa​

Koronavirus pandemiyasi amerikaliklarni eng zarur mahsulotlar zaxirasini yaratishga majbur qildi. Jamiyatning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun do‘konlar va dorixonalarning ahamiyati nechog‘lik muhim ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Chakana savdo tarmoqlari pandemiya tufayli paydo bo‘lgan yangi vazifalarni qiyinchilik bilan uddalamoqda: ayrimlar do‘konlarga kirish uchun to‘siqlar o‘rnatib, navbatlar hosil qilayotgan bo‘lsa, boshqalari hammani qo‘yib yuborib, xaridorlar o‘rtasidagi masofa bo‘yicha tavsiyalarni buzishmoqda.

H-E-B supermarketlar tarmog‘i inqiroz chog‘ida o‘zini qanday tutishni biladigan kompaniya nufuziga ega bo‘lgan. 2020 yil mart oyining boshidayoq uning do‘konlarida bir kishi xarid qilishi mumkin bo‘lgan ma'lum bir mahsulotlar sonini cheklay boshlashgan.

H-E-B shuningdek kasallik varaqasi uchun shartlarni kengaytirdi, yaqin aloqalarni chekladi, peshtaxtalarni mahsulotlar bilan to‘ldirishga ulgurish uchun ish vaqtini qisqartirdi, xodimlari uchun koronavirus haqida qaynoq liniya tashkil qilib, ularning maoshiga ustama to‘lay boshladi.

Tarmoq ofatga qarshi birinchi marta muvaffaqiyatli qarshi turayotgani yo‘q. 2017 yilgi Harvi dovulidan so‘ng H-E-B Meksika qo‘ltig‘idagi jabrdiydalarga yordam bergan: bir necha ko‘chma oshxonalar va suv tashuvchi mashinalar bilan.

H-E-B boshlig‘i Kreyg Boyan (chapda) va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha direktor Jasten Noaks. Foto: Tamir Xalifa​

Pandemiyagacha

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha direktor Jasten Noaksning aytishicha, pandemiya vaziyati uchun reja H-E-B tomonidan 2005 yilda H5N1 virusi paydo bo‘lgandayoq ishlab chiqilgan. 2009 yilda cho‘chqa grippi epidemiyasi avj olganda kompaniya o‘sha ishlanmalardan foydalangan va vaqti-vaqti bilan unga murojaat qilib turgan.

Kompaniya rahbari Kreyg Boyanning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda vaziyatlarga tayyorlanish bo‘yicha direktor lavozimi shtatga kiritilgan. Har bir omborda teginilmagan zaxira mavjud. Suv va boshqa muhim mahsulotlar doimo tezda jo‘natishga tayyor.

15 yanvar kuni Uhan shahri sog‘liqni saqlash bo‘yicha munitsipal qo‘mitasi virus insondan insonga yuqishini e'lon qilgandi. O‘shandan boshlab H-E-B vaziyatni sinchiklab kuzata boshladi, chunki ular xitoylik yetkazib beruvchilar bilan ham ishlashadi. 2 fevral kuni menejyerlar ta'sir choralari ko‘rish haqidagi rejaning «changini qoqib», uni Xitoydagi harakatlar bilan taqqoslab, ehtimoliy ssenariylarni ishlab chiqa boshlashdi.

Boyanning hikoya qilishicha, u yanvardan buyon epidemiya juda tez tarqagan Xitoydagi, keyinroq Italiya va Ispaniyadagi turli chakana savdo olib boruvchilar bilan doimiy ravishda gaplashib turgan. Direktor u yoki bu mahsulotlarga talabning o‘zgarishini bilishni istagan.

O‘zining ta'sir choralari ko‘rish modelini kompaniya Xitoyning fuqarolarni himoya qilish choralari bo‘yicha qurgan, shuningdek 2009 yilda H1N1 epidemiyasi chog‘ida amalga oshirilgan ishlar ham asos qilib olingan. Menejyerlar ayniqsa Texasning eng katta shahri Hyustonda epidemiya ro‘y beradigan bo‘lsa, kompaniyaning ixtiyorida bo‘lgan resurslar bilan qanday harakat qilish, yangilarini qayerdan olishni tushunishni istashgan.

Xitoy riteylerlari pandemiyaning eng avvalida nimalar ro‘y bergani haqida batafsil axborot bilan bo‘lishishgan — gigiyena masalalaridan tortib to‘liq karantinga olingan shaharga xizmat ko‘rsatishgacha. Ular inqiroz avvalida zaxira yaratib olish uchun qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligini ham gapirib berishgan.

Xodim non solingan yashiklarni yuklashdan avval plyonkaga o‘ramoqda. Foto: Tamir Xalifa​

Xodimlarni tayyorlash

Texasda koronavirusga chalinishning ilk holati 12 fevralda aniqlangandi. Bir oy mobaynida ayrim mahsulotlar yetishmovchiligi kuzatilgan va 14 martga kelib H-E-B ish vaqtini soat 8:00dan 20:00gacha qisqartirgan (aslida do‘konlar uzoqroq ishlaydi).

Noaksning ta'kidlashicha, bunday grafikka o‘tish rejaning bir qismi bo‘lgan: xodimlar peshtaxtalarni mahsulotlar bilan to‘ldirishga ulgurishlari uchun. Kadrlar bo‘limi boshlig‘i ofisdagi xodimlar do‘konlar va omborlarda yordam berishni xohlashlariga qiziqib ko‘rganida, darhol 800dan ziyod ko‘ngilli rozi bo‘lgan.

«Inqiroz sharoitida o‘z ishimizni yanada qiziqarliroq qilamiz»

Tezkor shtab

4 mart kuni H-E-B San-Antonioda favqulodda vaziyatlarda ishlash uchun tezkor shtab ochdi. U bo‘limlari eng ko‘p talafot ko‘rgan menejyerlardan tarkib topdi. Ular birgalikda kelishilgan qarorlarni tezkor qabul qilishlari mumkin.

Shtab qatnashchilari ikki mahal issiq ovqat bilan ta'minlangan, shuningdek, o‘z uylariga kerakli mahsulotlar xarid qilishlari uchun ombor ichida do‘kon ham faoliyat ko‘rsata boshlagan.

H-E-B do‘konlari va COVID-19 holatlari belgilangan Texas xaritasi. H-E-B omboridagi tezkor shtab ofisi. Foto: Tamir Xalifa​

Talabga ulgurish

Mart oyi boshlarida AQShdagi chakana savdo do‘konlari eng asosiy mahsulotlar yetishmovchiligiga to‘qnash keldi, H-E-B ularni bir kishiga sotish miqdorini chekladi. Birinchi navbatda bu tibbiy niqob, tozalovchi vositalar va antiseptiklarga taalluqli bo‘ldi. Biroq hech kim hojatxona qog‘oziga bunchalik talab ortishini taxmin qilmagan edi. Tarmoq direktori hamon qog‘oz bu qadar talamon bo‘lganini tushuna olmaydi.

Texasdagi ko‘plab kompaniyalar biznes yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Ayni paytda yopilgan maktablar va restoranlarga mahsulotlar yetkazib turgan Labatt endi H-E-B bilan tovuq grili va go‘sht sotmoqda. Pivo ishlab chiqaruvchilar esa supermarketlarga tuxum yetkazib bermoqda. Kreyg Boyan turli kompaniyalar hamkorlik qilib, bir-biriga yordam berayotganidan juda xursand.

Kreyg Boyan. Foto: Tamir Xalifa​

H-E-B bir necha oydan so‘ng ishga tushishi lozim bo‘lgan omborini ochishga shoshilmoqda. Kompaniya, shuningdek, ayrim omborlarini faqat go‘sht saqlashga moshlashtirdi, chunki bu mahsulotga talab ancha ortgan.

Firmaning go‘sht kombinatlari tun-u kun ishlamoqda va 50 xil mashhur assortimentda go‘sht ishlab chiqarmoqda (oddiy sharoitlarda ularning xili bir necha yuzga yetadi). Assortimentning kamligi uskunalarni qayta jihozlashda vaqt yo‘qotilishining oldini oladi va yetkazib berishni tezlashtiradi.

Tezkor shtab xodimlari (chapdan so‘ngga): korporativ xavfsizlik bo‘limi rahbari Kuinsi Kuarls, tahdidlar xavfsizligi menejyeri Xoakin Jyeyms, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha direktor Jasten Noaks. Foto: Tamir Xalifa​

Noma'lum o‘zgaruvchilar

Eng katta muammo — pandemiyaning cho‘zilishi. Noaks dovulni misol keltirmoqda: u ro‘y berganida shamol qachon tinishi tushunarli bo‘ladi. Bu yerda esa inqiroz qachon yakunlanishi noma'lum.

Jamoa Amerikada voqealar rivojini prognoz qilish uchun kuniga ikki marta Xitoy va Yevropadan yangiliklarni o‘rganadi, biroq hanuz aniq biror narsa deyish qiyin. Tina Jyeymsning aytishicha, lokal inqiroz chog‘ida hamkorlardan qay biriga ta'sir qilishini taxmin qilish mumkin. Pandemiya sharoitida buning imkoni yo‘q.

11 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarga murojaat qildi, shu kuni kechqurun NBA matchlarni to‘xtatishini e'lon qildi, aktyorlar Tom Henks va Rita Uilson koronavirus yuqtirib olishganini aytishdi. Shundan so‘ng H-E-B xaridlarning yangi to‘lqinini o‘tkazdi.

Zaxiralarni nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis Maykl Lisning aytishicha, peshtaxtalardan maishiy kimyo mahsulotlari, shakar va suvni supurib ketishgan. «Bizga faqat ichimlik suvi ortib olgan yuk mashinalari kela boshladi. Albatta, bu normal holat emas edi», — degan u.

H-E-B xodimi omborda. Foto: Tamir Kalifa​

Lisning iqror bo‘lishicha, peshtaxtalarni to‘ldirish majburiyati bo‘lmagan ko‘plab xodimlar tungi smenadagilarga yordam berish uchun ertaroq kela boshlashgan. Bayram kunlari konserva qatorlarida tovar solingan qo‘shimcha uchta yashik turgan, hozir unaqa yashiklardan 700ta.

Olingan saboqlar

«Har qanday tajriba saboqdir hamda mukammallashuv uchun vaj hisoblanadi. Biz yangi sharoitlarga tezda va insonga xos tarzda ko‘nika borib, biznesni qo‘llab-quvvatlaymiz va bir vaqtning o‘zida do‘konlarga mahsulot yetkazish zanjirini tahrirlaymiz».

Kreyg Boyan, H-E-B direktori.

Jasten Noaksning aytishicha, kompaniyadagilar tibbiyot maskasi va antiseptiklar sotuvi hajmi oshayotganini ko‘ra boshlagach, xaridorlarni sodir bo‘layotgan voqealar tashvishga solayotganini tushungan. Bu favqulodda vaziyat rejasiga o‘tish uchun bosh sabab bo‘lgan.

Uning fikricha, bosh saboq xaridorlarning talabini kuzatish va unga javob berish. Hukumat va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Dia Kamposning eslashicha, kompaniyadagilar Harvi dovulidan so‘ng mijozlar qayta aloqa zarurligini istashayotganini tushunishgan. Ular H-E-B mahalliy aholi uchun nimalar qilib berishi mumkinligini bilishni xohlashgan.

H-E-B’ning San-Antoniodagi yangi ombori oldida turgan yarimtirkamalar. Foto: Tamir Xalifa​

H-E-B’da o‘zining tibbiyot kengashi bor, shu sababli tarmoq o‘z yordami va maslahatlarini hamkorlariga ham bergan. Bu sarosimani yumshatadi. «Biz bu hamkorlarimiz uchun muhim ekanligini bilamiz, ular ham bunga javoban xaridorlarimizga yordam qo‘lini cho‘zishadi», — deydi Tina Jyeyms.

«Kinodagi «Titanik» cho‘kayotgan chog‘da orkestr musiqa chalayotgan sahnani eslay olasizmi? Bu H-E-B’ning versiyasi: odamlar koronavirus tufayli eslari og‘ib qolganda». (Minnatdor xaridor mariarchi ijrochilarini do‘konga yollab jo‘natgan).

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top