11:27 / 15.04.2020
1895
Karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar soni 63 mingdan oshdi

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 63 882 ta holat aniqlangan.

Foto: KUN.UZ

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ular:

Toshkent shahrida – 10 922 ta holat; 
Farg‘ona viloyatida – 9 347 ta holat;
Toshkent viloyatida – 9 288 ta holat;
Samarqand viloyatida – 5 961 ta holat;
Sirdaryo viloyatida – 4 617 ta holat;
Qashqadaryo viloyatida – 4 382 ta holat;
Namangan viloyatida – 3 654 ta holat;
Andijon viloyatida – 3 634 ta holat;
Buxoro viloyatida – 2 613 ta holat; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2 354 ta holat;
Jizzax viloyatida – 2 184 ta holat;
Surxondaryo viloyatida – 2 122 ta holat;
Xorazm viloyatida – 2 117 ta holat;
Navoiy viloyatida – 687 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

14 aprel kuni Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, “O‘rtasaroy” mahallasi, Oq oltin ko‘chasida yashovchi 1982 y.t. A.K., Yuqori Chirchiq tumani, “Guliston” mahallasida yashovchi 1984 y.t. I.Z., Buxoro shahar, Sherbudin ko‘chasida yashovchi 1985 y.t. R.S., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Qipchoq” ovulida yashovchi 1998 y.t. F.B., To‘rtko‘l tumani, “Sho‘raxon” ovulida yashovchi 1993 y.t. D.E.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

14 aprel kuni Urganch shahar, Quruvchilar ko‘chasida yashovchi 1987 y.t. Sh.B. ruxsatnomasiz o‘z transportida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

14 aprel kuni Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, “Sh.Hamroyev” mahallasi, “Dodbog‘ni” qishlog‘ida yashovchi 1984 y.t Sh.R. ruxsatnomasiz o‘z transportida bemaqsad 4 nafar fuqaroni tashib yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

14 aprel kuni Xorazm viloyati, Xonqa tumani, “Sarapayon” qishlog‘ida yashovchi 1995 y.t. N.D. o‘z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, velosipedi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

14 aprel soat 14:00 da Sirdaryo tumani, “Furqat” mahallasi, Qaxramonlar ko‘chasida yashovchi 2000 y.t. R.B. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligini uchun, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-, 183- va 194-moddalari asosida Ma'muriy ishlar bo‘yicha Guliston tumani sudi tomonidan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

14 aprel soat 12:45 da Sirdaryo viloyati, Shirin shahar, “M.Ulug‘bek” mahallasida yashovchi 1961 y.t. E.Sh. va “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1962 y.t. K.E.lar karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganliklari uchun, ularga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54- va 183-moddalariga asosan Ma'muriy ishlar bo‘yicha Boyovut tumani sudi tomonidan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

14 aprel soat 14:00 da Sirdaryo tumani, “Farovon” mahallasi, Hamdo‘stlik ko‘chasida yashovchi 2000 y.t. V.L. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-, 183- va 194-moddalari asosida Ma'muriy ishlar bo‘yicha Guliston tumani sudi tomonidan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top