10:56 / 16.04.2020
15375
IIVda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Mirzoqul Mamatmusayev

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Mirzoqul Mavlonqulovich Mamatmusayev vazir o‘rinbosarining boshqaruv apparati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar M.Mamatmusayev Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Rustamjon Do‘stmatov

Podpolkovnik Rustamjon Xolmirzayevich Do‘stmatov Namangan viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar R.Do‘stmatov Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Zohid Mamadaliyev

Polkovnik Zohid Kushatovich Mamadaliyev Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Z.Mamadaliyev Namangan viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Faxriddin Rahmatov

Podpolkovnik Faxriddin Umarovich Rahmatov Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari -kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar F.Rahmatov Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Top