17:48 / 17.04.2020
7027
«Biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat» - «Humo» 2020-2021 yilgi mavsumda ishtirok etmasligini e'lon qildi

Toshkentning «Humo» xokkey jamoasi klub rasmiy sayti orqali bayonot bilan chiqdi.

Foto: Humo xokkey jamoasi

«Aziz muxlislar, aziz do‘stlar!

«Humo» xokkey klubi kollektivi sizlarga katta hurmat va alangali muhabbatimizni izhor etmoqchimiz. Biz qisqa vaqt ichida nafaqat klub tuzishga, o‘ttiz yillikdan keyin xokkeyni tiklashga, klubni oliy xokkey ligasi peshqadamlari safiga qo‘shishga muvaffaq bo‘ldik. Albatta, bularning barchasini birgalikda qildik!

Bu vaqt mobaynida uch marta OXL mavsumida tomoshabinlar soni bo‘yicha rekordni yangiladik, pley-offga bosqichida imkoniyatimiz bor edi, media sohasida nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda e'tiborga erishdik.

Hozirda butun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq sinovli damlarni boshdan kechirmoqda. Pandemiyaga qarshi kurash choralari munosabati bilan dunyoning deyarli barcha mamlakatlari misli ko‘rilmagan cheklash choralarini ko‘rdilar. Chegaralar yopildi va havo, temir yo‘l yoki avtomobil yo‘li orqali aloqalar mavjud emas. Virusning tarqalish ko‘lami va koronavirusning inson hayoti va sog‘lig‘iga xavfini inobatga olgan holda, mavsum oldidan tayyorgarlikning va OXL chempionatining boshlanish vaqti to‘g‘risida aniq tasavvur bo‘lmagani, qolaversa, uning qay tarzda o‘tkazilishi noaniqligini hisobga olgan holda klub rahbariyati «Humo» xokkey klubi OXL va QRO chempionatlari 2020-2021 mavsumida qatnashmaslikka qaror qildi.

Bizni to‘g‘ri tushunishingizga umid qilib, loyihada ishtirok etganlarning barchasiga O‘zbekistondagi xokkeyni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va qisqa tanaffusdan so‘ng albatta davom etadigan yorqin loyihani amalga oshirganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Rossiya Xokkey Federatsiyasiga va Oliy Ligasiga alohida tashakkurimizni izhor etamiz. Biz mavsum davomida ularning qo‘llab-quvvatlashini sezib turdik. Turnirning tashkiliy ishlari eng yuqori bahoga loyiq.

Har biringizning xokkey va albatta «Humo» klubiga bo‘lgan mehringizni tushungan holda mo‘jizaviy xokkey olamiga sizni tezroq qaytarish uchun qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Barcha xokkey muxlislariga hurmat va ehtirom bilan sizni tez orada ko‘rish umidida, «Humo» xokkey klubi» - deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Klub ushbu bayonotni «Biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat» sarlavhasi ostida e'lon qilgan.

Top