5 fevral, çorşanba kuni Toşkentdagi «Humo» arenasida «Humo» xokkey klubi Tverning «Dinamo» jamoasiga qarşi xayriya öyini ötkazadi.

Çiptalar sotuvidan yiğilgan barça mablağlar «Ezgu amal» fondiga xayriya sifatida ötkazib beriladi.

Fond onkologik va qon kasalligiga çalingan bolalarga yordam beriş maqsadida köngillilar tomonidan taşkil etilgan bölib, hozirgaça 150dan ortiq bemorlarga qimmat dorilarni xarid qiliş va tibbiyot muolajalarini olişiga kömak körsatgan.

Uçraşuv uçun çiptalarni quyidagi havola orqali yoki iTicket kassalaridan harid qiliş mumkin.

Öyin kuni, şuningdek, Özbekiston xokkeyi tarixida ilk marta öyinçoq ayiqçalar taşlaniş marosimi ham ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, «Humo» klubi yaqin kunlarda doimiy çempionatning joriy mavsumidagi yakuniy uy öyinlarini ötkazadi.

1 fevral, şanba kuni soat 17:00da Sankt-Peterburgning «Dinamo» jamoasi «Humo» arenasida mehmon böladi.

3 fevral, duşanba soat 19:00da esa Piterning boşqa bir klubi – «SKA-Neva» jamoasi bilan bahs ötkaziladi.

Qayd etiş kerak, har ikkala raqib ham konferensiya içida yetakçilik uçun harakat qilmoqda.