09:40 / 17.04.2020
3881
Shahar va qishloqlarda 24 soat davomida ishlaydigan vrachlik punktlari tashkil etilishi mumkin

Shahar va qishloqlarda 24 soat davomida ishlaydigan vrachlik punktlarini tashkil etish taklif qilinmoqda

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shahar va qishloqlarda 24 soat davomida ishlaydigan (bolalar pediator) vrachlik punktlarini tashkil etish haqida petitsiya joylashtirildi

Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahrida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan muassasalarning soni kam. Mavjudlarining ham ish vaqti umumiy asosda belgilangan. Aksariyat hollarda bolalarda kasallik xuruji sutkaning tun vaqtiga to‘g‘ri keladi. 

“Shunday paytlarda Marg‘ilon shahar Soy bo‘yi ko‘chasida joylashgan bolalar shifoxonasida navbatlar ko‘payib, bolalarni hattoki statsionar davolanishga ham olib qolish uchun sharoitlar yo‘q. Tungi vaqtlarda shifokorlar yetishmaydi. Tungi navbatchilikda qolgan atigi 3 yoki 4 ta shifokor navbatda turgan odamlarga xizmat ko‘rsata olmaydi. Ularning ko‘pchiligi ham pediatr emas”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shahar va qishloqlarda 24 soat davomida ishlaydigan (bolalar pediator) vrachlik punktlarini tashkil etish taklif qilinmoqda.

Top