12:35 / 19.04.2020
6165
Fotoreportaj: Markaziy harbiy okrugdagi xizmat itlari harbiy obektlarni qo‘riqlashga va blok-postlardagi xizmatga jalb qilinmoqda

Markaziy harbiy okrugidagi xizmat itlarining  asosiy qismi harbiy obektlarni qo‘riqlashga va blok-postlardagi xizmatga jalb qilingan. Bu haqda "Kun.uz"ga harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma'lum qildi. 

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Samarqand, Navoiy hamda Jizzax garnizonida 30 ga yaqin xizmat itlari uchun kichik pitomniklar barpo etilgan. Odatda, okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda xizmat itlari iz va mina qidiruv hamda qorovullik-qo‘riqlov xizmatiga safarbar etiladi. 

Karantin tadbirlari sabab, endilikda xizmat itlari tunda, ko‘rish darajasi yomon bo‘lgan (tuman) vaqtlarda, zaruriyat bo‘lganda kunning istalgan paytida blok-postlarga jalb qilinadi.

Top