8 iyun kuni Markaziy harbiy okrug qöşinlarida 2020-2021 öquv yiliga bağişlangan tantanali miting bölib ötdi. Unda sözga çiqqan okrug qömondoni polkovnik Oybek Saidov şaxsiy tarkibni öquv yili bilan qutlab, maxsus reyslarda şifokorlar nazoratida kelgan yoş çaqiriluvçilarni harbiy qismda 14 kunlik karantinga oliş, şuningdek, harbiy xizmatçilarni yangiça yondaşuvdagi ma'naviy-ma'rifiy, jangovar tayyorgarlik maşğulotlariga jalb etiş haqida töxtalib ötdi. Tadbirdan söng Jizzax garnizonidagi harbiy qismda namuna sifatida real zamonaviy jang şaroitiga moslaştirilgan majmuaviy maxsus maşqlar körsatib berildi.
Okrug qömondonligi tomonidan yangiça ğoya va taşabbus asosida taşkil etilgan uşbu yölaklarda harbiy xizmatçilarning jismoniy va ruhiy zöriqişlarni yengib duşmanga ruhiy bosim ötkazişi, garovdagilarni yakka tartibda harakatlanib ozod etiş amaliyoti işlab çiqilgan.
Bundan taşqari, yaradorlarni evakuatsiya qiliş çoğida tez va aniq öt oçiş, juftlikda harakatlanib otiş pozitsiyalarini özgartiriş, harbiy tibbiy tayyorgarlik me'yorlarini bajariş hamda harakatlanuvçi nuqtadan töğri nişonga oliş kabi özgaruvçan maşqlarni öz içiga oladi.
Şuningdek, belgilangan vaqt içida jangçilarga sun'iy jihozlangan şartli duşman obektiga sezdirmay boriş, noqonuniy qurollangan guruhlar bilan uzoq va yaqin masofada jang qiliş hamda asirlarni ozod etiş vazifasi yuklatiladi.
Mazkur maxsus maşqlar jismoniy va ruhiy çidamlilikni talab etadi. Maşğulot rahbari tomonidan murakkab maşqni bajariş davomida yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni hisobga olib guruhga, yakunda esa jangovar vzvodga baho beriladi.
Birinçi galda 11ta yölakda bajariladigan majmuaviy nazorat maşqlari Markaziy harbiy okrug qöşinlarida sinovdan ötkazilmoqda. Kelgusida uşbu maşqlar tungi şaroitga ham moslaştiriladi va barça poligonlarda joriy etilişi kutilmoqda.




























