Jizzax viloyati harbiy ma'muriy sektori hamda Markaziy harbiy okrug qömondonligi taşabbusi bilan Jizzax viloyatidagi harbiy qismda “Yoş vatanparvarlar yiğini” loyihasi asosida 18–25 yoş atrofidagi 200 nafar yoşlar 10 kun muddatda jangovar, sport öyinlari, ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik hamda kasbga yönaltiriş böyiça maşğulotlarga jalb qilinadi.

Bu yerda harbiy fanlardan taşqari, yigitlarni kasbga yönaltiriş böyiça yetakçi mutaxassislar tomonidan turli mavzudagi treninglar ötkaziladi. 

Jizzax viloyatidagi 12 ta tuman va Jizzax şahridan harbiylikka qiziqişi yuqori va asosiysi öz istagiga köra kelgan yoşlarga harbiy liboslar berildi. Tibbiy körikdan ötkazildi. Guruhlarga bölib, yotoqxonalarga joylaştirildi. Askarlar oşxonasida ovqatlanişi uçun oziq-ovqat ta'minoti yölga qöyildi. 10 kun davomida yoşlarni "Ğalaba boği" ga sayohati ham rejalaştirilgan.

Yiğin yakunida jismoniy va axloqiy-ruhiy jihatdan yaxşi va a'lo körsatkiçlar qayd etgan 10 nafar yoşlar Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni polkovnik Oybek Saidov buyruğiga köra, mart-aprel oylarida bir oylik xizmatga, may oyidan esa şartnoma asosidagi harbiy xizmatga qabul qilinadi. 

Eslatib ötamiz, joriy yilning 12 yanvar kuni Qurolli Kuçlar akademiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengaşining kengaytirilgan yiğilişida davlatimiz rahbari yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda armiya bilan birgalikda harbiy ma'muriy sektorlari ham oldingi qatorlarda bölişini ta'kidlagandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati