21:21 / 20.04.2020
6508
Fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib olgan shaxs qamoqqa olindi

Joriy yilning 11 aprel kuni Samarqand viloyati, Urgut tumanida yashovchi Q.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «B» bandi bilan ayblov e'lon qilingan va shu kuni «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan

Foto: IIV axborot xizmati

Mazkur shaxs ikki nafar urgutliklarni «chuv» tushirib, pullarini firib yo‘li bilan o‘zlashtirib olganlikda ayblanmoqda, deb xabar beradi IIV axborot xizmati. 

Bildirilishicha, u 2017 yil mart oyida Urgut tumani, «Quyiqishloq» mahallasida yashovchi fuqaro R.G.ga harbiy xizmatni o‘tab kelgan o‘g‘lini ishga joylashtirib berishni va'da qilib, undan 2 000 AQSh dollari miqdorida pullarni olib, o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

2018 yil mart oyining o‘rtalarida esa Urgut tumani, «Terak» mahallasida yashovchi fuqaro T.J.ga jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan akasini muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishda yordam berishini aytib, buning evaziga undan 4 950 AQSh dollarini oladi.

“Ko‘rib turganimizdek, har ikkala holatda ham fuqarolarimiz hozirda mavjud shuncha imkoniyatlar bo‘lishiga qaramasdan, o‘z yumushlarini bir firibgar qo‘liga topshirganlar va natijada o‘zlari qiyin ahvolga tushib qolganlar”, - deyiladi IIV ma'lumotida.

Top