O‘zbekiston | 12:47 / 04.04.2023
14510
1 daqiqa o‘qiladi

Urgutda uch yashar bola ariqqa tushib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Kecha, 3 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumani Guliston mahallasida yashovchi uch yoshli bola uyining oldidan o‘tgan ichki ariq (lotok)ka tushib ketgan.

Videodan kadr

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bolani ariqdagi suv oqimi uzoqroq joyga oqizib ketgan va uni mahalliy aholi vakillari chiqarib olgan. Tez tibbiy yordam ko‘rsatganiga qaramay, bola vafot etgan.

Bolaning o‘limi holati yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan sel bolani oqizib ketgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Voqea sodir bo‘lgan kuni yog‘ingarchilik darajasi 12-13 mmni tashkil qilgan, dedi boshqarma vakili.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid