2023 yil 8 iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani Omonqöton mahallasi hududidan ötuvçi M-39 avtomobil yölining 1121-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Samarqand viloyati IIB xabariga köra, haydovçi öz boşqaruvida bölgan Cobalt rusumli avtomaşinani Urgut-Qarşi yönalişi böylab boşqarib ketayotib, boşqaruvini yöqotgan va yölning qarama-qarşi tomonidan harakatlanib kelayotgan «Kamaz» rusumli yuk avtomaşinasi bilan töqnaşgan.

Oqibatda, Cobalt haydovçisi va 3 nafar yölovçisi olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. «Kamaz» haydovçisi Urgut tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilib, unga şifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam körsatilmoqda.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Mazkur holat yuzasidan 8 iyun kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismi «a» bandi bilan (odamlar ölimi; halokat; boşqa oğir oqibatlar) jinoyat işi qözğatilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB