Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin vaqtida jazoni o‘tish muddati tugagan mahkumlarni ozodlikka chiqarish kechiktirilmaydi - IIV
Jazo muddatini o‘tab bo‘lgan mahkumni ozod etishdan oldin, tibbiyot xodimining tegishli tibbiy ko‘rigidan o‘tkazib, zaruriy tibbiy sanitar anjomlar bilan ta'minlangach, unga ozod etilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma taqdim etiladi

Karantin vaqtida jazoni o‘tish muddati tugagan mahkumlarni ozodlikka chiqarish kechiktirilmaydi. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin sharoitida mahkumlarni ozodlikka chiqarish jarayoni kechiktirilmaydi.
“Sudning qarori asosida, jazo muddatini o‘tab bo‘lgan mahkumni ozod etishdan oldin, tibbiyot xodimining tegishli tibbiy ko‘rigidan o‘tkazib, zaruriy tibbiy sanitar anjomlar bilan ta'minlangach, unga ozod etilganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma taqdim etiladi.
Shundan so‘ng, uni doimiy yashash manziliga yetib borishi uchun zaruriy pul mablag‘i bilan ta'minlanadi. Ushbu shaxsning yashash joyi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi probatsiya xizmati xodimlariga bu haqda xabar beriladi”, - deya aytib o‘tdi Shohrux G‘iyosov.
Bundan oldin, IIV karantin qoidalari buzilganda avtomashina jarima maydoniga qo‘yilishi qonuniy hisoblanishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

17:38 / 05.06.2025
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi

20:57 / 26.03.2025
Bosh prokuratura Piskendagi koloniyada asossiz intizomiy jazoga tortilgan mahkum ishi bo‘yicha ma’lumot berdi

19:33 / 04.03.2025