Özbekistonda 19 iyun holatiga köra, 500 ming gektardan ziyod hududda çigirtka tarqalgani aniqlandi. Bu haqda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.
Jumladan, ta’kidlanişiça, 875 ming 87 gektarda monitoring olib borilgan, 515 ming 830 gektarda çigirtka tarqalgani aniqlangan, 507 ming 181 gektarda kimyoviy kuraş tadbirlari ötkazilgan.
Asosiy tadbirlar Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Toşkent viloyatlarida davom etmoqda, saksovul bukri çigirtkasiga qarşi kimyoviy işlov olib borilmoqda.
Qayd qilinişiça, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida asosiy öçoqlar bartaraf etilgan.
Xabarga köra, çigirtka va tut parvonasiga qarşi kuraş xizmati 24/7 rejimida faoliyat olib bormoqda. Erta tongda va keçki vaqtda kimyoviy kuraş olib borilib, kunduzi monitoring ötkazilişi yölga qöyilgan.

















