AOKAda Içki işlar vazirligi iştirokida brifing çoğida vazirlik matbuot kotibi Şoxruh Ğiyosov deputat Rasul Kuşerbayevning karantin qoidalarini buzgan avtortansport vositalari nima uçun jarima maydoniga olib borilayotgani böyiça savoliga izoh berdi.

«Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori bilan respublika Maxsus komissiyaning öz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy böysunuvi va taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar barça taşkilotlar va ularning mansabdor şaxslari, şuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy, deb belgilanib qöyilgan.

Şundan kelib çiqib, Maxsus komissiya qarorlari qonuniy kuçga ega hisoblanadi. Maxsus komissiyaning 4 apreldagi 16-sonli bayonida karantin talablarining ijrosini sözsiz ta'minlaş hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bölmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilişiga yöl qöymaslik maqsadida, istisno tariqasida içki işlar organlari yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida belgilangan tartibni buzganligi uçun transport vositasini jarima maydonçasiga joylaştiriş yöli bilan uşlab turilişi belgilangan», deya axborot berdi Ğiyosov.