07:51 / 20.04.2020
6842
Poytaxtning barcha mahallalarida qulupnay savdosini tashkil qilishga ruxsat berildi

Qulupnay olib kiruvchilar va ularning transport vositalariga sharoit yaratiladi 

Toshkent shahrining barcha mahallalarida qulupnay savdosini tashkil qilishga ruxsat beriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabarida aytilgan.

“Bahorgi ne'matlar yetilmoqda. Hozir ayni qulupnay mavsumi boshlandi. Shu munosabat bilan Toshkent shahrining barcha mahallalarida qulupnay savdosini tashkil qilishga ruxsat beriladi”, - deyilgan ma'lumotda. 

Bildirilishicha, poytaxtga qulupnay olib kiruvchilar va ularning transport vositalariga sharoit yaratiladi.

Bundan oldin, Toshkentda «ximchistka»lar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berilgani xabar qilingandi

Top