13:35 / 24.04.2020
9012
Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Otabek To‘xtayev Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Foto: Zarnews

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining buyrug‘iga muvofiq Otabek Sunnatilloyevich To‘xtayev Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

Zarnews xabariga ko‘ra, 1976 yil Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan Otabek To‘xtayev shu paytgacha «O‘zsanoatqurilishbank» davlat dasturlari bilan ishlash departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

U 2016-2019 yillarda «O‘zsanoatqurilishbank» Samarqand filiali boshqaruvchisi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bankning Samarqand viloyat bosh boshqarmasining avvalgi boshlig‘i Qayum Sobirov Jomboy tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

Top