O‘zbekiston | 11:55 / 18.04.2020
35532
1 daqiqa o‘qiladi

Jomboy tumanida hokim o‘zgardi

Qayum Sobirov Jomboy tumani hokimi etib tasdiqlandi

Qayum Sobirov / Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Bugun, 18 aprel kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Jomboy tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Tuman hokimligining telegram kanalida xabar qilinishicha, sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman kengashining deputatlari qatnashishdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Qayum Hamroyevich Sobirov Jomboy tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma'lumot o‘rnida, Q.Sobirov 1970 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan. Iqtisodchi. Bugungi kungacha O‘zbekiston Markaziy bankining Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shu paytgacha tuman hokimi sifatida faoliyat yuritgan Hamza To‘ychiyev arizasiga asosan vazifasidan ozod qilindi.

Mavzuga oid