07:23 / 28.04.2020
14787
AQShda koronavirus yuqtirganlar soni milliondan oshdi
Foto: Reuters

AQShda koronavirus yuqtirganlar soni million kishidan oshdi. 27 aprelda mamlakatda 22,9 ming yangi holat aniqlandi va shu tariqa virus yuqtirganlar soni milliondan oshdi. Worldmeters ma'lumotiga ko‘ra, 28 aprel 06:00 (Toshkent vaqti bilan) holatida AQShda 1 million 10 123 kishida koronavirus aniqlangan. Bu dunyodagi virus yuqtirganlarning uchdan biri degani.

27 aprel kuni butun dunyoda kasallik yuqtirganlar soni 3 milliondan oshdi. AQShdan keyin eng ko‘p kasallanganlar soni Ispaniyada qayd etilgan (229 422). Italiyada esa kasallanganlar soni 200 mingga yaqinlashdi. Keyingi o‘rinlarda esa hamon Fransiya (165 842), Germaniya (158 758) va Buyuk Britaniya (157 149) bormoqda.

Bugun koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha kasallik ilk marta aniqlangan Xitoyni ortda qoldirgan mamlakatlar soni 9taga yetdi. Rossiyada bir kunda 6 mingdan ko‘proq holat aniqlanib, mamlakat bu borada Xitoydan o‘tib ketdi. Rossiyada ayni damgacha 87 mingdan ko‘proq kishi koronavirus yuqtirgan.

Braziliyada ham keskin o‘sish saqlanib qoldi. Bu mamlakatda kunlik o‘sish 3,6 mingdan oshib, umumiy kasallanganlar soni 67 mingga yaqinlashdi. Bu borada Janubiy Amerikaning boshqa davlatlari Braziliyaga yaqinlasha olmaydi. Masalan, Braziliyaga eng yaqin ko‘rsatkich Peruda (28 ming) qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top