22:32 / 30.04.2020
4962
AQShda koronavirus epidemiyasi sababli 30 milliondan ortiq amerikalik ishsiz qoldi

2020 yil martga qadar ishsizlik bo‘yicha arizalar soni haftasiga 100 mingtadan oshmagan, inqirozgacha esa 1,7 mln kishi ishsizlik nafaqasi olib kelgan.

Foto: Getty Images

AQShda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari ortidan keyingi olti hafta ichida mamlakatning 30,2 mln aholisi ishsiz qoldi. Birgina o‘tgan haftada 3,84 mln amerikalik ishsizlik nafaqasi olishga ariza bergan.

Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan haftalardagiga nisbatan pasaygan. Xususan, 18 aprelgacha ishsizlar soni 4,427 mln, 11 aprelgacha 5,2 mln, 4 aprelgacha 6,6 mln, 28 martgacha 6,9 mln, 21 martgacha- 3,3 mln kishi ishini yo‘qotgandi.

Foto: Getty Images

2020 yil martga qadar ishsizlik bo‘yicha arizalar soni haftasiga 100 mingtadan oshmagan, inqirozgacha esa 1,7 mln kishi ishsizlik nafaqasi olib kelgan.

AQSh bir necha haftadan beri koronavirus pandemiyasi markazi bo‘lib turibdi. Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 1 mln kishidan oshgan, 62 minggga yaqin kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top