15:00 / 30.04.2020
4949
«O‘zagrolizing»: kompaniyamiz faoliyatiga tahliliy nazar
Foto: O‘zagrolizing

Texnika – dehqonning qanoti. Bu naql bejizga aytilmagan. Ayniqsa bugungi pandemiya sharoitida, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ham qishloq xo‘jaligida ish qizg‘in, buning uchun esa albatta texnika zarur. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, bir qarich yerni ham uvol qilmasdan foydalanish, ekin ekish, hosil olish borasida qator qaror va farmonlar imzolanmoqda. Albatta bularning barchasi pandemiya ortidan keluvchi iqtisodiy inqiroz davrida mamlakatimiz aholisini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishmasligini oldini olishga qaratilgan.

Ish unumdorligini oshirish, tez va sifatli agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi texnikalari suv va havodek zarur. Qo‘l mehnati yordamida ko‘p vaqt talab etiladigan ishlarni, texnika yordamida bir necha soatlarda amalga oshirish mumkin.

Yurtimizda uzoq yillardan buyon samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyati so‘nggi bir yil davomida qator ijobiy o‘zgarishlar qilishga ulgurdi. Texnikalar haridi uchun shartnoma tuzishdan boshlab to uni yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlar yangi bosqichga olib chiqildi. Avvalgidek, kutishlar, texnikani olib ketish uchun uzoqdan yo‘l bosib kelishga barham berildi va bu orqali mijozlarga keng imkoniyatlar yaratildi hamda korrupsion holatlarga chek qo‘yildi.

2019 yilning  II-choragidan boshlab, texnika xaridi va yetkazib berish bo‘yicha qator yangi mexanizmlar joriy etildi.

  • Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, barcha turdagi texnikalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududiy filiallarga markazlashgan holda yetkazish. Bu orqali mijozlarning vaqtini tejashga erishildi;
  • Viloyat filiallari hududida ko‘rgazmalar tashkil etildi va texnikalarni tumanlargacha yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Texnikalarni xarid qilmoqchi bo‘lgan mijozlar hududiy filiallarga tashrif buyurib, ko‘rgazma shaklida tashkil etilgan texnikalar bilan tanishish va shu joyning o‘zida shartnoma imzolash imkoniyati yaratildi;
  • Viloyatlarga eltuvchi katta yo‘llarda maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Xo‘sh, natijalar qanday bo‘ldi? Albatta ijobiy. Buni quyidagi raqamlardan ham ko‘rish mumkin:

  • 2018 yilda umumiy qiymati 758,3 mlrd so‘mlik 5262 dona texnikalar respublika bo‘ylab yetkazib berilgan bo‘lsa, yangi tartib joriy etilgandan so‘ng ya'ni, 2019 yilda umumiy qiymati 827,3 mlrd so‘mlik, 6590 dona texnikalar yetkazib berildi;
  • 356 dona g‘alla o‘rish kombaynlari, 132 dona paxta terish mashinalari, 661 dona haydov va chopiq traktorlari shular jumlasidandir.

Jamiyat tomonidan tanlangan yangi strategiya o‘zini oqladi.

«O‘zagrolizing» AJ tomonidan 2020 yil uchun ham tizimli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va joriy yilning 1 aprel holatiga 211,3 mlrd so‘mlik 1283 dona texnikalar mijozlarga yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan texnika soni jihatidan 131 foizga, miqdor jihatdan 9,6 barobarga ko‘pdir. Yana yil so‘ngiga qadar 2 351,5 mlrd so‘mlik, 6865 dona texnikalar yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Texnikalarni yetkazib berish hajmi yildan yilga ortgani sari «O‘zagrolizing» aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy natijalari ham yaxshilanib bormoqda. Ko‘rsatilgan xizmatlari hajmi

  • 1 yanvar 2018 yil holatiga ko‘ra – 1 152,4 mlrd so‘m;
  • 1 yanvar 2019 yil holatiga ko‘ra – 1251 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa;
  • 1 yanvar 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich 1602 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Jamiyat tashkil etilgandan buyon yetkazib berilgan har xil turdagi texnikalarning soni 79497 donaga yetdi.

Bugunga kelib «O‘zagrolizing» AJ jamoasi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishda mijozlarning talab va takliflari har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq o‘rganilmoqda.

Maqsad esa yagona, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan o‘z vaqtida ta'minlash va yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida xormasdan mehnat qilish.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun:

Telegramdagi rasmiy kanalimiz: t.me/uzagroleasingjsc

Saytimiz: www.agroleasing.uz

Elektron pochta: info@agroleasing.uz

«O‘zagrolizing» AJ Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top