«Özagrolizing» aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengaşining 24 noyabr kuni ötkazilgan majlis bayonnomasi bilan Otajonov Nodir Sobiroviç jamiyat boşqaruv raisi vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlangan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Otajonov bunga qadar, boş vazir örinbosari — Taşqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, maşinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta işlaş sanoatini va yengil sanoatni rivojlantiriş, mahsulotlarni standartlaştiriş masalalari kompleksi rahbari lavozimida işlagan. U 2019 yil yanvarida prezident administratsiyasiga ötkazilgandi, 2019 yil iyulida esa Özbekiston Respublikasi Boş vaziri maslahatçisi — «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi etib tayinlangandi.

2020 yil fevraldan Otajonov hukumatdan ketib, «Özagrotexsanoatxolding» AJ boşqaruvi raisi lavozimini saqlab qolgandi.