09:50 / 04.05.2020
8708
IIV fuqarolarni soxta xayriya yig‘imlaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi

Ijtimoiy tarmoqda soxta xayriya yig‘imlari kabi firibgarlik holatlariga guvoh bo‘linsa, ichki ishlar organlariga xabar berish so‘ralgan.

Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus pandemiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida boshqalar ko‘magiga muhtoj oilalarga yordam berish, Buxoro, Samarqand, Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofatlar, Sirdaryo viloyatida kuzatilgan og‘ir oqibatli suv toshqini sabab hukumat, hokimliklar, vazirliklar va boshqa davlat idoralari tomonidan ko‘plab xayrli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda, deb yozadi IIV axborot xizmati.

Bildirilishicha, bu borada bir qancha ko‘ngilli va saxovatpesha fuqarolar tomonidan talafotlarni bartaraf etish, aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish, ularga sharoitlar yaratish borasida imkon qadar yordam qo‘llari cho‘zilmoqda.

“Afsuski, mana shunday murakkab vaziyatda ham o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanib qolishga urinayotgan, saxovatpesha yurtdoshlarimizning xayriya mablag‘lariga firibgarlik yo‘li bilan ega chiqishga urinish  va ayrim hollarda yordam berish istagidagi yurtdoshlarimiz tomonidan ularning aldovlariga ishonib qolishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan turli ko‘rinishdagi soxta xayriya guruhlari va jamg‘armalari haqidagi murojaatlarga ishonmasdan, savob umidida bermoqchi bo‘lgan mablag‘laringizni firibgarlarning hisobiga o‘tkazib yubormaslik va aldanib qolmaslik uchun, avvalo xayriya mablag‘lari yig‘ilayotganligi haqidagi har bir xabarni tekshirib ko‘rib, ularning rasmiy ekanligiga ishonch hosil qiling.

Ijtimoiy tarmoqda yoki atrofingizda shu kabi firibgarlik holatlariga guvoh bo‘lsangiz zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar bering”, - deyiladi IIV xabarida.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top